Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina NATOga kirish rejalaridan voz kechmaydi

Ukraina NATOga kirish rejalaridan voz kechmaydi

Ukraina NATOga qo‘shilish bo‘yicha o‘zining "konstitusiyaviy majburiyati"dan voz kechmaydi.

Bu haqda Ukraina prezidenti apparati rahbari Andrey Yermak Amerikaning Axios portaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Ukraina kelajakda NATOga o‘tish bo‘yicha konstitusiyaviy majburiyatidan voz kechmaydi, lekin hozir biz haqiqatda yashayapmiz. Biz NATOda emasmiz", - dedi u.

AQShning dastlabki rejasida Kiyev xavfsizlik kafolatlari evaziga alyansga a’zolik va NATO qo‘shinlarining o‘z hududida bo‘lishini istisno qilishi kerak edi.

Ermak, shuningdek, Donald Trampning Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha 28 banddan iborat tinchlik rejasini “qabul qilib bo‘lmaydi, lekin bu allaqachon o‘tmishda” ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Kiyev va YEI o‘rtasidagi Jenevada AQSh bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Amerika taklifi 19 bandga qisqartirilgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!