29-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan Oliy qo‘mondonlik shtabining yig‘ilishida Ukraina mudofaa kuchlarining harakatlanish muddati muhokama qilindi. Tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida aytib o‘tdi.
“Ular shtabda har doimgidek bosh qo‘mondon va tezkor hududlar komandirlariga hisobot berishdi. Nafaqat o‘q-dorilar bilan ta’minlash, nafaqat yangi brigadalarni tayyorlash, nafaqat bizning taktika, balki vaqtni ham. Bu eng muhimi. Qanday harakat qilishimizga oid muddatlar. Biz .. qilamiz. Qarorlar qabul qilindi”, — dedi Zelenskiy.
2022 yil oxiridan beri Ukraina rasmiylari keng ko‘lamli qarshi hujum haqida gapirmoqda. U bahorda boshlanishi kutilgandi, ammo keyin uning sanalari keyinga surildi. May oyi boshida Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun “ko‘proq vaqt” kerakligini aytgan edi.