Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukraina mudofaa holatida

Ukraina mudofaa holatida

Ukraina Bosh shtabi seshanba kuni ertalabki so‘nggi hisobotida Donetsk yaqinida joylashgan Avdeevka hududida shiddatli janglar davom etayotganini ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya armiyasi faol hujum qilib, mintaqadagi asosiy nuqta hisoblangan Avdeevkadagi mustahkamlangan hududni o‘rab olishga harakat qilmoqda.

Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida ukrainalik harbiylar 23 ta hujumni muvaffaqiyatli qaytargan.

Avdeevkadagi janglardan tashqari, hisobotda Rossiya armiyasining sharqiy frontning boshqa tarmoqlariga faol qarshi hujumlari ham qayd etilgan, xususan, Baxmut hududiga 28 ta hujum qayd etilgan.

Bosh shtab barcha hujumlar muvaffaqiyatli qaytarilganiga ishontirmoqda. Vaziyatni tahlil qilgan harbiy bloggerlar ham Avdeevka hududidagi rus qo‘shinlarining sezilarli oldinga siljishi haqida xabar bergani yo‘q.

Kiritildi: 13:05 28.11.2023. O'qildi: 3945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!