Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina mojarosi 2026 yilda Kiyev uchun noqulay shartlarda yakunlanishi mumkin

Ukraina mojarosi 2026 yilda Kiyev uchun noqulay shartlarda yakunlanishi mumkin

Ukrainadagi urush 2026 yilda Kiyev uchun juda noqulay siyosiy va iqtisodiy shartlar asosida tugashi mumkin. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Maqolada ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha yagona qarorga kela olmagani sababli, Ukraina Bryusseldan yanada ko‘proq yordam talab qilmoqda. Biroq bu boradagi muzokaralar tobora murakkablashib bormoqda.

Nashrga ko‘ra, G‘arb davlatlari ichidagi ixtiloflar, moliyaviy resurslar cheklangani hamda siyosiy charchoq Kiyev pozisiyalarini zaiflashtirmoqda. Bu esa mojaroning yakunlanishida Ukraina uchun kutilmagan va og‘ir shartlar paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.

Kiritildi: Bugun 15:19. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!