Bu haqda Aleksey Danilov tok-shou efirida shunday dedi: «Biz bilamizki, biz nafaqat o‘zimizni, balki NATO davlatlarini ham himoya qilyapmiz... Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha – bugun biz ular uchun kurashib, jonimizni qurbon qilyapmiz. »
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiyaning doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Ukraina xalqi o‘zgalarning topshiriqlari uchun kurashishga majbur qilinayotgani, mamlakatning o‘zi esa «NATO PMC»ga aylantirilganini ma’lum qilgandi.