Rossiya bosqini boshlanganidan beri Ukraina harbiylari Markaziy Osiyo davlatlarining 30 nafarga yaqin fuqarosini asirga oldi.
Bu haqda Ukraina Adliya vaziri Olga Stefanishina ma’lum qildi.
"Harbiy asirlarning fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘pincha ularning so‘zlari asosida aniqlanadi, chunki buni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ko‘p hollarda mavjud bo‘lmaydi", — deya aniqlik kiritdi Stefanishina.
Ukraina Adliya vaxiri asirlarning aynan qaysi davlat fuqarolari ekaniga aniqlik kiritmadi.