Agar Rossiya va Xitoy birlashsa, ular "iqtisodiy va harbiy jihatdan eng kuchli bo‘lgan" ittifoqni tashkil etishi mumkinligini amerikalik jurnalist Taker Karlson ta’kidladi.
Uning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Qrimni bosib olmagan, uning aholisi o‘zi Rossiya tarkibida bo‘lishni xohlaydi, buni 2014 yilgi referendum natijalari tasdiqlaydi," Rossiya esa "eng yirik yadro davlati bo‘lib, biz u bilan hisoblashishimiz shart."
Karlsonning fikricha, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy "diktator": "Diktatorlarning birinchi belgisi - ularni saylashmaydi. U ham saylov o‘tkazmadi. U o‘z siyosiy raqiblarini qatl etdi. U til guruhini taqiqladi. Menimcha, unda diktatorlik alomatlari bor."