Bugun 1 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya TIV ukrainalik provokatorni o‘zbeklarni itga o‘xshatgan video yaratishda aybladi

Rossiya TIV ukrainalik provokatorni o‘zbeklarni itga o‘xshatgan video yaratishda aybladi

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova razvedka xizmatlari o‘zbeklarga nisbatan haqoratomuz gaplarni o‘z ichiga olgan provokasion kontent yaratuvchisi aniqlanganini ma’lum qildi.

Avvalroq internetda o‘zini rus, deb tanishtirgan shaxs o‘zbeklarni «itlar» deya haqoratomuz qiyoslagani haqida intervyu paydo bo‘lgan edi. Biroq, e’tiborli foydalanuvchilar yozuvdagi parchalarni tahrirlash va kesish izlarini payqashdi, bu esa uning haqiqiyligiga shubha tug‘dirdi. Bundan tashqari, suhbatdoshning shaxsi noma’lumligicha qolmoqda - faqat suhbat litvalik jurnalist bilan olib borilgani aniqlangan.

Mariya Zaxarovaning ta’kidlashicha, videoni tarqatish ortida Ukrainaning Nikolayev viloyatida tug‘ilgan, radikal millatchi guruhlar bilan aloqasi bor Nikolay Nikolayevich Kochmarik turibdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday axborot provokasiyalaridan maqsad millatlararo nizolarni qo‘zg‘atish va Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirishdir. Shuningdek, u bunday videolar Amerikaning You Tube videoxosting manbasi orqali tarqatilayotganini ta’kidladi, bu uning fikricha, tashqi aralashuvdan dalolat beradi.

Xulosa o‘rnida M.Zaxarova Rossiya millatlararo birdamlik tamoyillariga doimo amal qilishini, MDHdagi ittifoqchilari bilan asrlar davomida iliq munosabatlar shakllanganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 14:52. O'qildi: 1719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!