Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Ukraina mamlakat gaz infratuzilmasiga qilingan hujumlardan so‘ng AQShdan suyultirilgan gaz xaridini oshiradi

Ukraina mamlakat gaz infratuzilmasiga qilingan hujumlardan so‘ng AQShdan suyultirilgan gaz xaridini oshiradi

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina 2025 yilda Qo‘shma Shtatlar suyultirilgan tabiiy gazini Germaniya, Gresiya, Litva va Polsha terminallari orqali import qilishni sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Ukraina gaz transport tizimi rahbari Dmitriy Lippaning ma’lum qilishicha, mamlakat joriy yilning aprel-oktyabr oylarida kamida 4 milliard kub metr gaz sotib olishni rejalashtirmoqda. Reuters hisob-kitoblariga ko‘ra, umumiy import qiymati kamida 1 milliard dollarni tashkil etadi.

Lippaning so‘zlariga ko‘ra, bu hajmning yarmidan ko‘prog‘i quvur orqali yetkazib beriladigan gaz emas, balki Yevropa terminallariga keladigan suyultirilgan tabiiy gazdan iborat bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, bu suyultirilgan gazning katta qismi AQShdan yetkazib berilishi mumkin.

"Siyosiy nuqtai nazardan biz uchun Qo‘shma Shtatlar suyultirilgan tabiiy gazining imkon qadar ko‘proq qismi Polshaga yetib kelishi va bosqichma-bosqich bizga yetkazilishi ma’qul", – deya fikr bildirdi Lippa.

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!