Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina kelasi hafta Rossiya bilan muzokaralarni tiklashni taklif etdi

Ukraina kelasi hafta Rossiya bilan muzokaralarni tiklashni taklif etdi

Ukraina delegasiyasi Rossiya tomoniga muzokaralarning yangi bosqichini kelasi hafta o‘tkazishni taklif etdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deb xabar beradi Rossiyaning TASS agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday taklifni Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralarda Kiyev delegasiyasiga rahbarlik qilgan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov bildirgan.

“Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Umerov Rossiya tomoniga navbatdagi uchrashuvni kelasi hafta o‘tkazishni taklif qildi. Muzokaralar sur’atini oshirish zarur», – dedi Zelenskiy o‘zining telegram-kanalida e’lon qilgan video murojaatida.

17 iyul kuni Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadan muzokaralarning uchinchi bosqichi bo‘yicha takliflar kutayotganini ma’lum qilgan edi.

Keyinroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya delegasiyasi Ukraina tomoni bilan muzokaralarning uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun Istanbulga borishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, rasmiy vakil Ukraina tomonining ushbu raundga tayyorligi haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmaganini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 23:06 20.07.2025. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!