Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina kelajak urushiga yo‘l ochmoqda: robotlar ishtirokidagi ilk havo desantini o‘tkazdi

Ukraina kelajak urushiga yo‘l ochmoqda: robotlar ishtirokidagi ilk havo desantini o‘tkazdi



Ukraina kuchlari og‘ir dronlardan nafaqat zarba berish, balki yer usti robotlarini Rossiya pozisiyalariga yaqinroq hududlarga yetkazish uchun ham foydalana boshladi.

Usul quyidagicha: dron robotlashtirilgan platformani xavfli hududga olib borib tushiradi, shundan so‘ng robot yerda mustaqil harakatlanib, jangovor vazifani bajaradi. Bu yer usti robotlarining asosiy muammosi — sekin harakatlanishi, yo‘lda tiqilib qolish xavfi va nishonga yetib bormasidanoq yo‘q qilinishi ehtimolini bartaraf etishga imkon beradi. Endi jangovor platformalar havo orqali tezroq va uzoqroq masofaga, harbiy xizmatchilar hayotiga xavf tug‘dirmasdan yetkazilmoqda.



Nashrga ko‘ra, bu bir dron boshqa robotlashtirilgan majmuani jang maydoniga yetkazgani ma’lum bo‘lgan birinchi holatdir. Bunday taktikaning asosiy maqsadi — harbiy xizmatchilar hayotini asrash va raqibni nafaqat havodagi dronlar, balki yerdagi robotlashtirilgan tizimlar bilan ham jang qilishga majburlash.

Kiritildi: 16:41 04.08.2026. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!