Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina ikki shaharni qo‘ldan boy berish xavfi ostida

A A A
Ukraina ikki shaharni qo‘ldan boy berish xavfi ostida

Rossiya Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Pokrovsk va Mirnograd shaharlariga quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini kesib qo‘yishni rejalashtirmoqda. Buning maqsadi - Ukraina qo‘shinlarini ushbu shaharlardan chekinishga majbur qilish. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Urushni o‘rganish instituti (ISW) shunday xulosaga keldi.

"Rossiya qo‘shinlari, ehtimol, keyingi oylar davomida Ukraina bo‘linmalarini Pokrovsk va Mirnograddan chiqib ketishga majbur qilish uchun bu shaharlarga boradigan Ukrainaning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini kesib tashlashni maqsad qilgan. T-0405 va T-0406 yo‘llari Pokrovsk - Mirnograd hududidagi Ukraina guruhini ta’minlaydigan sharqdan g‘arbga yo‘nalgan uchta asosiy quruqlik yo‘lidan ikkitasi hisoblanadi," - deb ta’kidlashdi tahlilchilar.

Kiritildi: 21:00 14.01.2025. O'qildi: 4946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!