Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina hukumati dronlarni xarid qilish uchun qo‘shimcha 5 milliard grivna ajratdi

A A A
Ukraina hukumati dronlarni xarid qilish uchun qo‘shimcha 5 milliard grivna ajratdi

Ukraina hukumati xavfsizlik va mudofaa kuchlari uchun qo‘shimcha 5 milliard grivna ajratdi va bu mablag‘ uchuvchisiz uchoqlarni sotib olishga sarflanadi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.

«Bugun xavfsizlik va mudofaa kuchlari uchun qo‘shimcha 5 milliard UAH ajratildi. Mablag‘lar front chizig‘idagi himoyachilarimiz uchun zarur bo‘lgan dronlarni sotib olishga sarflanadi», — dedi hukumat rahbari 18 mart, dushanba kuni Telegram’dagi kanalida.

«Ukrainskaya pravda» Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga tayanib xabar berishicha, bugungi kunda uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqaruvchilar bilan 30 milliard grivnaga yaqin shartnomalar tuzilgan va 14 milliard grivnaga shartnomalar tayyorlanmoqda.

Kiritildi: 19:34 18.03.2024. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!