Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina havo hujumlarini to‘xtatish borasida muzokaralarga tayyor

Ukraina havo hujumlarini to‘xtatish borasida muzokaralarga tayyor

Ukraina rasmiylari havodagi otashkesimni muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda Prezident Ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Podolyakning aytishicha, havo hujumlarini to‘xtatish – real muzokaralar uchun boshlang‘ich nuqta sifatida qaralishi mumkin.

«Har qanday otashkesim, ayniqsa umumiy tarzdagi, – bu muloqot boshlanishi mumkin bo‘lgan nuqta», – dedi u.

Shu bilan birga, Ukraina tomoni Rossiyaning strategik aviasiyadan va keng ko‘lamli dron hujumlaridan voz kechishi ehtimoli juda past ekanini ta’kidladi.

«Aviasiya bombardimonlari – Moskva uchun Ukrainaga psixologik bosim o‘tkazish va bizning pozisiyamizga ta’sir qilishning asosiy vositasidir», – deya qo‘shimcha qildi Podolyak.

Kiritildi: 16:04 13.08.2025. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!