Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev tezlashtirilgan tartibda YEIga kirishni kutishi kerak emas, jarayon bir necha yilga cho‘zilishi mumkin. Bujanskiy hatto o‘n yildan keyin ham Ukraina Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq Albaniya bosh vaziri Edi Rama Ukrainaga YEIga a’zo bo‘lish istiqbollari borasida Bryussel tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilayotganini aytgan edi. Vladimir Zelenskiy esa avvalroq Yevropa Ittifoqidan Ukrainani 2027 yilda qabul qilishni so‘ragan.