Maxsus operasiyalar kuchlari Kaspiy dengizida “Kompozitor Raxmaninov” va “Askar-Sarija” yuk kemalariga zarba berdi, deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari bayonotida.
Xabar berilishicha, bu kemalar Rossiya armiyasi uchun harbiy texnika va qurol-aslahalarni tashigan. Biroq hujum vaqtida ularning bortida qurol yoki harbiy texnika bo‘lgani noma’lum.
Hujum qachon amalga oshirilgani va uning oqibatlari qanday bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Rossiya tomoni hozircha Ukraina Qurolli kuchlari bergan bu ma’lumotni izohlamagan.