Ukraina Yevropa Ittifoqidan 4,36 milliard yevro miqdorida mablag‘ oldi. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.
Mablag‘ning 3,7 milliard yevrosi davlat xarajatlarini qoplashga, 660 million yevrosi esa mudofaa sohasiga yo‘naltiriladi.
Ushbu mablag‘ Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ikki yil davomida 90 milliard yevro kredit ajratish dasturi doirasida berilgan.
Avvalroq Ukraina hukumati yil oxiriga qadar davlat byudjeti mablag‘larida katta taqchillik yuzaga kelishini ma’lum qilgan edi.