Bu Ukraine Facility yordam fondidan ajratilgan 50 milliard yevrolik umumiy paket doirasidagi uchinchi to‘lov hisoblanadi. Ushbu dastur bir yildan beri amal qilib kelmoqda va shu vaqt ichida undan Kiyevga 19,6 milliard yevrolik grant va kreditlar shaklida mablag‘ ajratildi.
Bryussel ushbu moliyalashtirish Ukrainaning makroiqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga, davlat boshqaruvini qo‘llab-quvvatlashga va muhim uzoq muddatli islohotlarni ilgari surishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Evrokomissiya o‘z bayonotida Kiyev yangi to‘lovni olish uchun kerakli shartlarni bajarganini ta’kidladi.