Ukraina energetika vaziri German Galushchenko aholini qish kelishi va elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar fonida generatorlar xarid qilishga chaqirdi.
"Biz Ukrainamiz" telekanali boshlovchisi Galushchenkodan mamlakat aholisi qishga qanday tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini so‘radi.
U har doim fuqarolarga generator sotib olishni tavsiya qilishini aytdi.
“Agar avtonom faoliyatni kuchaytirish imkoni bo‘lsa, buni qiling”, — deya vazirning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.