Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina dronlari Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biriga hujum qildi

Ukraina dronlari Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biriga hujum qildi

Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda.

4 oktyabrga o‘tar kechasi Leningrad viloyatining Kirishi shahrida joylashgan “Kirishinefteorgsintez” (“Kinef”) neftni qayta ishlash zavodi Ukraina dronlarining hujumiga uchradi, deb xabar bermoqda nashr.

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko Ukraina Qurolli kuchlari dronlari Kirishi shahriga hujum qilganini tasdiqladi. Uning aytishicha, havo mudofaasi kuchlari yettita dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, sanoat zonasida yong‘in chiqqan. Ammo gubernator yong‘in aynan qaysi joyda yuz berganiga aniqlik kiritmadi.

“Kinef” — Rossiyadagi quvvati bo‘yicha ikkinchi yirik neftni qayta ishlash zavodi hisoblanadi. Ukraina Qurolli kuchlari ushbu zavodga mart va sentyabr oylarida ham hujum qilgan edi.

Reuters xabariga ko‘ra, so‘nggi hujumdan so‘ng zavod o‘z quvvatining deyarli 40 foizini tashkil etuvchi asosiy qurilmani to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 21:25 04.10.2025. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!