Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Krivoy Rog shahriga raketa zarbasi berdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lum qildi.
Ta’lim muassasasi va turar-joy binosiga zarar yetgan, to‘rt kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Dnepropetrovsk OVA rahbari Sergey Lisakning ta’kidlashicha, o‘lgan to‘rt kishi orasida uchta ayol va bir erkak bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, besh kishi jarohatlangan, uch nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Shaharda ikkita besh qavatli bino shikastlangan, ulardan birida yong‘in chiqqan. Bino shikastlangan va foydalanilmayapti.
Zarbadan oldin Ukraina harbiy-havo kuchlari janubiy yo‘nalishdan ballistik qurollar qo‘llanishi xavfi haqida xabar bergan edi. Keyinchalik ular Krivoy Rog yo‘nalishi bo‘yicha ikkita tezyurar nishonni e’lon qilishdi.