Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina davlat byudjeti loyihasi urushni 2026 yilgacha davom ettirishni nazarda tutadi

Ukraina davlat byudjeti loyihasi urushni 2026 yilgacha davom ettirishni nazarda tutadi

Ukrainaning 2026 yilgi davlat byudjeti loyihasi urushni davom ettirish ssenariysini o‘z ichiga olmoqda.

“Report” Ukraina OAVlariga tayanib xabar berishicha, bu haqda Oliy Radada moliya vaziri Sergey Marchenko ma’lum qilgan.

“Asosiy moliyaviy hujjat loyihasi 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan Byudjet deklarasiyasiga asoslangan strategik rejalashtirish tizimidan foydalangan holda tayyorlangan va urushni 2026 yil davomida davom ettirishni nazarda tutuvchi ssenariy asosida ishlab chiqilgan”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli xavfsizlik va mudofaa sohasini moliyalashtirish avvalgi yillardagi kabi asosiy ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bazaviy ssenariyga ko‘ra, 2026 yilda xavfsizlik va mudofaa uchun davlat byudjeti xarajatlari 1,817 trillion grivnani (taxminan 44 milliard dollar) tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 14:41. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!