Bugun 3 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada YPX xodimini mashina urib ketdi

Farg‘onada YPX xodimini mashina urib ketdi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida YPX xodimi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi.

Fojia 31 iyul kuni soat 23:30 atrofida «O‘qchi» MFY hududidan o‘tuvchi 40V064 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida sodir bo‘lgan.

30 yoshli shaxs Spark mashinasida YPX xodimi, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan 32 yoshli Hayitbek Karimjonovni urib ketgan.

Hodisa guvohlari Spark haydovchisi mast bo‘lgani, u to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan qochganini aytmoqda.

Marhumning 2 nafar farzandi otasiz qoldi. U o‘zi oilada 4 qizdan keyingi yolg‘iz o‘g‘il edi. Viloyat va tumandan IIB xodimlari kelib, janozada qatnashishdi, marhum qoidabuzarni tutishda mardlarcha halok bo‘lganini, uning farzandlari doimiy davlat himoyasiga olinishini aytishdi. Afsus, spirtli ichimlik ta’sirida mashina ruliga o‘tirish bir oilaga mana shunday musibatni olib keldi, deydi marhumning mahalladoshlaridan biri.

Kiritildi: Bugun 12:14. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!