Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi ikkita bitimdan iborat bo‘ladi — Ukraina TIV rahbari.
Andrey Sibiganing so‘zlariga ko‘ra, Ukraina AQSh bilan 20 banddan iborat tinchlik kelishuvini imzolaydi, bundan tashqari, Vashington Moskva bilan alohida bitimni imzolaydi. Sibiganing qo‘shimcha qilishicha, ushbu hujjatlarda Yevropa Ittifoqining imzosi bo‘lmaydi.
"Hozirda aynan shunday sxema muhokama qilinmoqda, biroq muzokaralar hali davom etmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina tashqi ishlar vaziri.