Ukraina boshqa davlat vakillariga 9 may kuni Moskvada bo‘lishni tavsiya etmaydi — Zelenskiy.
"Rossiyaliklar yiliga bir marta bir soatga Qizil maydonga xavfsiz chiqish uchun Ukrainadan o‘z paradlarini o‘tkazishga ruxsat so‘rashmoqda, shundan so‘ng ular yana odamlarimizni o‘ldirishda va urushishda davom etishmoqchi. Rossiyaliklar allaqachon 9 maydan keyingi zarbalar haqida gapirishmoqda. Rossiya rahbariyatining mantig‘i g‘alati va mutlaqo noadekvat.
Shuningdek, Rossiyaga yaqin ayrim davlatlardan ularning vakillari Moskvada bo‘lish niyatida ekanligi haqida murojaatlar bor. Bu g‘alati istak. Biz buni tavsiya etmaymiz", — dedi Ukraina prezidenti.
Bundan tashqari, u Kiyev Moskvaning harakatlariga mutanosib ish tutishini yana bir bor ta’kidladi. Buni agar Rossiya zarba bermasa, Ukraina sulhni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi sifatida talqin qilish mumkin.
"Ukrainaning pozisiyasi maksimal darajada shaffof va adolatli, biz mutanosib javob qaytaramiz. Agar Rossiya “sukunat rejimi”ga amal qilganida, Ukrainaning uzoq masofali zarbalari ham bo‘lmasdi", — dedi Zelenskiy.
Shu bilan birga, prezident Ukraina harbiylariga Rossiya hududiga berilgan uzoq masofali zarbalar uchun minnatdorlik bildirdi.