Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Bosh shtabi Sudja shahrini boy berganini tasdiqladi

Ukraina Bosh shtabi Sudja shahrini boy berganini tasdiqladi

Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatidagi Sudja shahridagi pozisiyalarini tark etib, Rossiya-Ukraina chegarasiga yaqinlashdi.

Buni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi e’lon qilgan xarita tasdiqlaydi. Kursk viloyatidagi operasiyaning rasmiy xaritasida Sudja Rossiya nazorati ostida belgilangan.

Bu Ukraina bo‘linmalari shahardan olib chiqib ketilganining rasmiy tasdig‘idir.

Xaritada Ukraina qo‘shinlari Sudjadan uzoqroqda joylashgani ko‘rsatilgan.

Avvalroq, 13 mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Kursk viloyatidagi Sudja aholi punkti, shuningdek, ushbu mintaqadagi yana ikkita aholi punkti Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 22:29 16.03.2025. O'qildi: 2379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!