Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina birinchi bo‘lib dronlar «gala»si texnologiyasini jangda qo‘lladi

Ukraina birinchi bo‘lib dronlar «gala»si texnologiyasini jangda qo‘lladi

The Wall Street Journal yozishicha, Ukraina birinchi marta sun’iy intellekt asosidagi «gala» dronlarini jang maydonida doimiy qo‘llashni boshladi.

Ukraina armiyasi dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan dronlar «gala»larini janglarda samarali qo‘llamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ukrainaliklar bir necha o‘nlab yoki yuzlab dronlarni bir vaqtda boshqarib, Rossiyaning harbiy ob’ektlariga hujum qilmoqda. Bu usul raqib himoyasini chalg‘itish va vayron qilish imkonini beradi. Mutaxassislar buni dronlar urushida yangi davr boshlangani sifatida baholamoqda.

Ukrainalik yuqori martabali ofiser va dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniya vakillari aytishicha, bu texnologiya 2023 yildan beri jang maydonlarida amalda sinovdan o‘tmoqda. Bu esa Ukrainaga harbiy dron texnologiyalari bo‘yicha yetakchilikni ta’minlab bermoqda.

Ta’kidlanishicha, galalashib uchuvchi dronlar sun’iy intellekt yordamida bir-biri bilan ma’lumot almashadi, joylashuv va harakatni real vaqtda muvofiqlashtiradi. Bunday tizim nafaqat ob’ektlarga, balki butun shaharlarga ommaviy hujum qilish imkonini beradi. Ayni paytda dunyodagi bir qator armiyalar va texnologik kompaniyalar ham bunday dasturlar ustida ish olib bormoqda.

Kiritildi: 16:38 04.09.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!