Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina 2022 yildan beri ilk bor gazni xorijga eksport qildi

Ukraina 2022 yildan beri ilk bor gazni xorijga eksport qildi

Ukraina 2022 yilda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin birinchi marta tabiiy gazni xorijga sotdi. 15 oktyabr kuni Ukraina energetika birjasida o‘tkazilgan dastlabki eksport savdolarida qariyb 12,75 million kub metr gaz sotildi.

«Evropeyskaya pravda» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, gazning bir megavatt-soat uchun narxi 69–69,03 yevroni tashkil etdi. Savdoda to‘rtta kompaniya ishtirok etgan bo‘lib, ularning barchasi DTEK guruhi tarkibiga kiradi.

Eng katta hajm — 7,78 million kub metrga yaqin gaz «Naftogazvidobuvannya» kompaniyasi tomonidan sotilgan. Qolgan resurslar boshqa uchta kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan keyin Ukraina hukumati gaz eksportini taqiqlagan edi. 2026 yil 7 oktyabrda qabul qilingan qaror bilan xususiy kompaniyalarga gazni xorijga sotishga qayta ruxsat berildi.

Gazni Polsha chegarasi orqali 26 oktyabrdan 31 dekabrgacha yetkazib berish rejalashtirilgan. Eksport oldindan to‘lov va tegishli lisenziyalarni olish sharti bilan amalga oshiriladi.

Kiritildi: 18:47 16.10.2026. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!