Ukraina bir tomonlama ravishda 14 nafar tinch aholini Rossiyaga topshirdi.
Bu haqda "Yashashni xohlayman" loyihasi matbuot xizmati Telegram’da ma’lum qildi.
"Bugun Ukraina bir tomonlama tartibda 14 nafar tinch aholini Rossiyaga topshirdi. Ertaga yana bir guruh Rossiya fuqarolari o‘z vatanlariga qaytariladi va bu amaliyot davom etadi", — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Ukraina shu kungacha 372 nafar fuqaroni garovga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.