AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff va Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan Rossiya-Ukraina mojarosini tugatish bo‘yicha muzokaralardan so‘ng Kiyevni tark etishdi.
Bu haqda Ukraina temir yo‘llari o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
"Biz Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning maxsus poyezdini kuzatib qo‘ydik", deyiladi kompaniya bayonotida.
RBK-Ukraina xabariga ko‘ra, bir necha bosqichli muzokaralar va yakuniy matbuot anjumanidan so‘ng Zelenskiy Amerika elchilari bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi.
Yakka uchrashuv tafsilotlari oshkor qilinmadi.