"AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff oktyabr oyida Rossiya rahbari Vladimir Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov bilan telefon orqali suhbat o‘tkazgan. Ushbu suhbatda Uitkoff G‘azo bo‘yicha kelishuvga o‘xshash shaklda Ukraina uchun birgalikda tinchlik rejasi ishlab chiqishni taklif qilgan", deya xabar bermoqda nashr.
Bloomberg Uitkoff va Ushakov o‘rtasida 14 oktyabrda bo‘lib o‘tgan besh daqiqalik suhbat audioyozuvini tinglashga muvaffaq bo‘lgan.
"Uitkoff Ushakovga amerikaliklar G‘azo bo‘yicha 20 banddan iborat reja tayyorlaganini aytgan va Ukraina uchun ham shunga o‘xshash hujjat yaratishni taklif qilgan. U Rossiya rasmiysiga Putin bu masalani Tramp bilan qanday muhokama qilishi kerakligi bo‘yicha maslahatlar bergan. Jumladan, Uitkoff Zelenskiyning shu hafta oxiriga rejalashtirilgan Oq uyga tashrifidan oldin AQSh va Rossiya yetakchilari o‘rtasida qo‘ng‘iroq tashkil qilishni tavsiya qilgan", deya yozmoqda agentlik.
Oktyabr oxirida Uitkoff Mayamida Putinning yana bir maslahatchisi Kirill Dmitriyev bilan uchrashgan. 29 oktyabrdagi alohida suhbatda esa Dmitriyev va Ushakov tinchlik taklifi bo‘yicha Moskva o‘z talablarida qanchalik qattiq turishi kerakligini muhokama qilishgan. Ushakov esa “maksimal” talablarni ilgari surish tarafdori bo‘lgan.