Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘g‘rilikka qo‘l urgan ayollarning jinoyat ishi sayyor sud majlisida ko‘rildi (FOTO)

O‘g‘rilikka qo‘l urgan ayollarning jinoyat ishi sayyor sud majlisida ko‘rildi (FOTO)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020 yil 30 iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 49-bayoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqib, tasdiqlangan Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasining ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod tumani “Billur” MFY binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi Oybek Hayitov ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan G.SH. va M.S.ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.

O‘g‘rilikka qo‘l urgan ayollarning jinoyat ishi sayyor sud majlisida ko‘rildi (FOTO)O‘g‘rilikka qo‘l urgan ayollarning jinoyat ishi sayyor sud majlisida ko‘rildi (FOTO)

Bu ikki nafar ayol g‘arazli va boshqa past niyatlarda, o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini ko‘lga kiritishni maqsad qilib, oldindan jinoiy til biriktirib bir guruhga birlashishgan. 2021 yil 17 iyun kuni 1980 yilda tug‘ilgan Turkiya Respublikasi fuqarosining vaqtincha yashash manzili bo‘lgan, Yunusobod tumanidagi xonadoniga uy-tozalovchi sifatida borishgan. Uy egasining uxlab yotganidan foydalanib, uydan

  • taxminan 315.000 so‘m pul,
  • narxi 780 AQSh dollari bo‘lgan noutbuk,
  • 1400 AQSh dollarlik “Lenovo” rusumli noutbuk,
  • 2 mln. 600 ming so‘mlik telefon apparati,
  • 40 AQSh dollarlik erkaklar paryumeriya maxsulotlari,
  • 100 AQSh dollarlik erkaklar qo‘l soati,
  • 30.0000 so‘mlik musiqa ovoz kuchaytirgich moslamasi,
  • narxi 55.000 so‘m bo‘lgan elektr soqol olish moslamasi,
  • narxi 370.000 so‘m bo‘lgan erkaklar sport sumkasi,
  • jami narxi 150.000 so‘m bo‘lgan bir dona erkaklar futbolkasi va ikki dona erkaklar “shortik”larini yashirin ravishda qo‘lga kiritishgan.

Turkiya Respublikasi fuqarosiga jami 25.925.240 so‘m bo‘lgan miqdorida moddiy zarar yetkazishgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi ayollarga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ularga yashash uyida kechki soat 21:00dan ertalab soat 06:00ga qadar bo‘lish majburiyati va yashash joyini hukmni ijrosini nazorat qiluvchi organ ruxsatisiz o‘zgartirmaslik, muayyan joylarga-tungi klublar, kafe, bar, spirtli ichimliklari ichish joylariga bormaslik, belgilangan yashash viloyati hududidan tashqariga chiqmaslik taqiqlari yuklatildi.

Sayyor sudda ko‘rilgan ikkinchi jinoyat ishining qahramoni ham ayol kishi.

D.M. shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan “Baxodir” ismli shaxs bilan bilan bir guruhga birlashib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishni rejalashtirishadi. Yunusobod tumani Karim Zaripov ko‘chasidagi uylardan birining oldiga borib, u yerda turgan avtomashinaning orqa bagaji ustidagi E.SH. tegishli bozor bahosi 2.600.000 so‘m bo‘lgan uyali aloqa vositasini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinishgan.

JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan D.M.ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini sayyor sud majlisida ko‘rib chiqilib, sud hukmi bilan sudlanuvchiga ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 13:24 23.08.2021. O'qildi: 2561 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!