UFC jangchisi Siril Gan AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiy keskinlik davrida BAAda bo‘lgan paytlarini esladi.
"Rojdestvodan keyin Abu-Dabiga ketgandim. U yerda taxminan bir oy yig‘in o‘tkazamiz, deb o‘ylagandim. Keyin oilam meni ko‘rgani keldi, chunki ancha vaqtdan beri ko‘rishmagan edik. Qizlar ta’tilda edilar va mashg‘ulot yig‘inim vaqtida Abu-Dabiga kelishdi. Bombardimonlar boshlangan kuni ertalab ularning uchib ketishga ulgurgani katta omad bo‘ldi.
Qiziqqanimdan aviachiptalarni ko‘ra boshladim va aynan shu payt eng yomon ssenariy amalga oshishi mumkinligini angladim. Bu shanba kuni edi. Erta turib oilamni aeroportga kuzatdim va yana uxlashga qaytdim. Soat taxminan 11:00 yoki tush paytida uyg‘ondim. Telefondan yangiliklarni o‘qib, keyin ularni Fernan Lopesga ko‘rsatdim.
Avvaliga bu holatga hazil bilan qaradim: “Biz katta yigitlarmiz, urushmaymiz”. Keyin esa eng yomon ssenariy haqida o‘ylay boshladik. Onlayn servislarda aviachiptalar narxlarini tekshirdim. Vaziyat dahshatli edi — o‘sha kuni ham, keyingi kuni ham Dubaydan birorta bo‘sh reys topilmadi. Urush boshlanganiga uch soat bo‘lgandi, ammo dushanbagacha hech qanday parvoz qolmagan edi.
Biz turli odamlarga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni surishtira boshladik. Shu payt balkonda turganimizda portlash ovozi eshitildi: “Bum!”. O‘yladimki, bu orqamizda sodir bo‘ldi. Xuddi tepamizda feyerverk portlagandek edi. Ayniqsa, biz Dubay markazidagi 53-qavatda turganimiz uchun bu yanada ta’sirli tuyuldi.
Biz chiqib keta olmasdik. Ha, haqiqatan ham qamalib qolganimizni tushunib yetdik. Faqat bir haftadan keyin Parijga uchadigan reys topishga muvaffaq bo‘ldik", — dedi Gan.