Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

UFC'da Qozog‘istondan yana bir jangchi paydo bo‘ladi

A A A
UFC'da Qozog‘istondan yana bir jangchi paydo bo‘ladi

Qozog‘istonlik aralash yakkakurash ustasi Diyar Nurgojay Dana Uayt Da’vogarlar seriyasida g‘alaba qozonib, UFC bilan shartnoma imzolash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

U DWCS turniri doirasida polshalik Bartosh Shevchukka qarshi oktagonga chiqib, raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi. 27 yoshli sportchi yarimog‘ir vazn toifasida jang qiladi. U Eagle FC Ligasining sobiq chempioni hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, yarimog‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ayni paytda Liga reytingida 14-o‘rinni egallab turibdi. UFC'dagi qozog‘istonliklar soni esa 6 nafarga yetganini alohida ta’kidlash lozim.

Kiritildi: 20:36 03.10.2024. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!