AQShning Las-Vegas shahrida davom etayotgan UFC 310 turnirining ikkinchi asosiy jangi (co main event) yakunlandi.
Unda yarim o‘rta vazn toifasida qozog‘istonlik aralash yakka kurash ustasi, kamar uchun da’vogar bo‘lib turgan Shavkat Rahmonov Irlandiya vakili Ian Garri Machadoga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
5 raundga mo‘ljallangan bellashuv to‘liq davom etdi. Bahsda Rahmonov ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchdi. Uchchala hakam ham 48:47 hisobidagi g‘alabani Surxondaryoda tug‘ilgan Rahmonovga taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Rahmonov yarim o‘rta vazn toifasida UFC reytingida uch, Garri esa yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Bugun Shavkat Rahmonov faoliyatidagi 19-jangini o‘tkazdi, uning hisobida hozircha birorta mag‘lubiyat yoki durang yo‘q. Garri esa bugun 16-jangida ilk bor mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.