Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘FA Xorvatiya terma jamoasi sobiq ustoziga taklif bilan chiqdi

O‘FA Xorvatiya terma jamoasi sobiq ustoziga taklif bilan chiqdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallash uchun yana bir katta nomga murojaat qildi.

Championat.asia sayti ma’lumotlariga ko‘ra, assosiasiya APLdagi faoliyatii bilan tanilgan xorvatiyalik murabbiy Slaven Bilich bilan aloqaga chiqqan va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini taklif etgan.

Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Bilichning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Fatih" klubi bo‘lgandi, u mazkur klubdan 2024 yilning avgustida ketgan va shundan buyon hech qayerda ishlaganicha yo‘q.

56 yoshli Slaven Bilich murabbiylik faoliyati mobaynida "Xayduk", "Lokomotiv" Moskva, "Beshiktosh", "Vest Xem", "Al Ittihod", "Vest Bromvich", "Beyszin Goan", "Uotford" va jamoalarida faoliyat yuritgan. Yutuqlari orasida Xorvatiya vise-chempionligi, Turkiya chempionatining 2 karra 3-o‘rin sohibi, 2008 yilgi Yevropa chempionati chorak finalchisi kabilarni keltirib o‘tish mumkin.

Kiritildi: 10:07 18.07.2025. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!