UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. 6 va 7 may kunlari 1/2 finalning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ovoz berishda "PSJ" himoyachisi Ashraf Hakimiy va "Inter" darvozaboni Yann Zommer ishtirok etadi.
Javob o‘yinlarida "PSJ" "Arsenal"ni (2:1) mag‘lub etgan bo‘lsa, "Inter" qo‘shimcha bo‘limlarda "Barselona"dan (4:3) ustun keldi.
Haftaning eng yaxshi futbolchisi UEFA rasmiy saytida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
"PSJ" Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi va u yerda "Inter"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 31 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.