Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Uchtepada 905 kg iste’molga yaroqsiz pishloqni muomalaga kiritilishining oldi olindi

Uchtepada 905 kg iste’molga yaroqsiz pishloqni muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va tuman soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida Xondamir ko‘chasida joylashgan savdo shoxobchasida o‘tkazilgan tekshiruvda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan fuqarolar SH.U., M.U. va boshqalar iste’molchilarning sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xorijda ishlab chiqilgan umumiy bahosi 102,3 mln so‘mlik 905 kg. pishloq mahsulotini fuqaro B.A.ga 8 100 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:17 09.07.2024. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!