Ijtimoiy tarmoqlarda «Uchtepa tumanidagi 13-mavzeda garajlar buzilmoqda" sarlavhali tanqidiy material e’lon qilindi.
Tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Arziyevning ta’kidlashicha:
Toshkent shahar hokimining 2021 yil 13 yanvardagi 14-sonli qaroriga ko‘ra Uchtepa tumani 13-mavze manzilida Uchtepa tumani mudofa ishlar boshqarmasiga 0.20 Ga yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, qurilish ishlari boshlangan.
Shu sababli, ushbu hududda joylashgan 30 dan ortiq temir garaj egalariga joriy iylning 27 iyul kuni uch kun muddatda olib chiqish bo‘yicha og‘zaki va yozma ogohlantirish berilganligini ma’lum qilamiz.
Fuqarolar tomonidan ushbu eski garajlar ixtiyoriy tarzda olib chiqilmaganligi bois, majburiy tarzda garaj eshiklari kesilgan.