Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Uchtepa tumanida elektron tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Uchtepa tumanida elektron tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “H.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi B.E. xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan elektron tamaki mahsulotini 320 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan umumiy bahosi 76,7 mln so‘mlik 18 turdagi 880 dona aksiz markasiz elektron tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:19. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!