Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Uchta davlat idorasining 23 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi

Uchta davlat idorasining 23 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlandi

O‘zbekistonda qiymati 23 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan
xarid jarayonlari o‘rganilganda uchta davlat idorasi:
— Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan jami qiymati 9,1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 6 ta;
— Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan jami qiymati 8 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan 6 ta;
— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan jami 6,7 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan 10 ta tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga (savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar)rioya qilinmagani, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Shuningdek, buyurtmachi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari belgilanib, tegishli sud organlariga ma’lumotlar yuborilgan.

Kiritildi: 21:29 18.05.2026. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!