Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.o.” MCHJ mas’ul shaxslari avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasiga o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida 331,7 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 597,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.