Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Uch viloyatda tashkilot xizmatchilari pora bilan qo‘lga tushdi

Uch viloyatda tashkilot xizmatchilari pora bilan qo‘lga tushdi

Qashqadaryo, Buxoro va Farg‘onada pora evaziga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, departament o‘tkazgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi "D.K." AJ qo‘riqchisi M.A. S.U. va YO.I.lardan 2 500 AQSh dollari evaziga ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, pulni olganida ushlangan.

Shu kabi holat yana kuzatilgan: Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi YU.H. fuqaro S.Zni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga joylab qo‘yishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan chog‘ida qo‘lga olingan.

Farg‘ona viloyatida esa "Toshloqtumangaz" gazchisi M.M. va boshqalar fuqaro A.Sni mazkur gaz ta’minoti korxonasiga ishga joylab qo‘yishini aytgan. So‘ngra 1,7 mln so‘m va 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Keyin firibgarlar olgan poraning 640 AQSh dollarini qaytargan va bu prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:15 13.01.2025. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!