Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Uch tomonlama sammit bo‘yicha hozircha hech qanday siljish yo‘q"

"Uch tomonlama sammit bo‘yicha hozircha hech qanday siljish yo‘q"

AQSH, Ukraina va Rossiya yetakchilari ishtirokidagi uch tomonlama sammit bo‘yicha hozircha hech qanday siljish yo‘q, deb xabar bermoqda Kreml matbuot kotibi.

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy va Putin ishtirokidagi uchrashuvga “puxta tayyorgarlik ko‘rilishi shart, ammo Ukraina va Yevropa bunga tayyor emas.

Shuningdek, Peskov agar Rossiyaning G‘arbda muzlatib qo‘yilgan aktivlari musodara qilinsa, Moskva o‘z mulkini himoya qilish uchun huquqiy choralar ko‘rishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, Donald Tramp Putin va Zelenskiy ishtirokidagi uch tomonlama sammit "tez orada" bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgan edi.

Kiritildi: 21:15 15.09.2025. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!