Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

“Uch qahramon” bozoridagi yong‘indan 74 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan

“Uch qahramon” bozoridagi yong‘indan 74 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bozorga borib, u yerda tadbirkorlik qilib kelayotgan fuqarolar va majmua ishchi-xodimlari bilan uchrashdi.

🔥 Ma’lum qilinishicha, yong‘in bozorga kirishda o‘ng tomonda joylashgan birinchi va ikkinchi do‘konlar orasidagi elektr simlarida yuzaga kelgan avariyadan kelib chiqqan, deb taxmin qilinmoqda. Alanga taxminan 8 ming metr/kvadrat maydonni qamrab olgan.

🧮 Yong‘in oqibatida 137 ta tadbirkor (181 ta tadbirkor do‘koni va 76 ta bo‘sh do‘kon) zarar ko‘rgan. Bozor va fuqarolarga jami 74 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

🏪 12–13 avgust kunlari bozor ma’muriyati tomonidan yong‘in oqibatida jabrlangan 165 ta tadbirkorga faoliyatini davom ettirishi uchun joy ajratib berilgan.

Ⓜ️ Hokim tashrifi chog‘ida tadbirkorlarga bozor joylashgan hudud Toshkent metropoliteniga tegishli ekani, uning kelgusi faoliyati xususida ham metropoliten ma’muriyati qaror qabul qilishi tushuntirilgan.

🏗 Shuningdek, 2026 yil 1 martdan boshlab “Uch qahramon” bozori o‘rnida metropoliten uchun zarur infratuzilma ob’ekti qurilishi boshlanishi aytilgan.

Kiritildi: 13:05 15.08.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!