Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Uch qahramon" bozoridagi yong‘in to‘liq o‘chirildi

"Uch qahramon" bozoridagi yong‘in to‘liq o‘chirildi

Bugun, 11 avgust kuni soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga, Toshkent tumanida joylashgan "Uch qahramon" bozorida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borishdi va yong‘in 03:24da to‘liq qurshab olinib, 04:46da yong‘in to‘liq bartaraf qilindi.

Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Hozirgi vaqtga qadar tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Kiritildi: 07:44 11.08.2025. O'qildi: 1228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!