Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi:
Ta’kidlanishicha, yanvar-mart oylari davomida ishlab chiqarishda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisa belgilangan tartibda maxsus tekshirilgan, shulardan 26 tasi o‘lim bilan tugagan, 97 tasi oqibati og‘ir va 9 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etdi. Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 42 nafar xodim halok bo‘lgan, 104 nafar xodim og‘ir tan jarohati va 4 nafari yengil tan jarohati olgan.
5 972 ta korxonada o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 11 315 ta qonun buzilish holati aniqlanib, 2 483 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4 mlrd 864 mln 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.