Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Uch mingdan ziyod avtomobil ortilgan kema hamon yonmoqda

Uch mingdan ziyod avtomobil ortilgan kema hamon yonmoqda

Tinch okeanining Alyaska sohillariga yaqin qismida bir haftadan buyon Morning Midas kemasi yonishda davom etmoqda, deb xabar berdi Carscoops.

AQSh qirg‘oq qo‘riqlash qizmati qutqaruv amaliyoti qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash va zararni kamaytirish uchun kema egasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlanayotganini ma’lum qildi. Ayni paytda yong‘in o‘chog‘iga butunlay barham berish va kemani xavfsiz akvatoriyaga keltirish choralari ko‘rilmoqda.

Kemaga 3 mingdan ziyod avtomobil ortilgan, shulardan 681 tasi — gibrid, 70 tasi — elektromobil.

Eslatib o‘tamiz, avtomobillar ortilgan kemada yong‘in chiqqani haqida 5 iyunda xabar berilgan edi. Morning Midas 26 may kuni Xitoy portidan chiqib, Meksikaga yo‘l olgandi.

Kemaning 22 nafar ekipaj a’zosi yong‘inni mustaqil o‘chirishga urinishi samara bermagan. Keyinroq AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ularni boshqa kemaga evakuasiya qilgan.

Kiritildi: 16:01 12.06.2025. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!