Oilaviy nizolar ko‘pincha bolalarning taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, bolalarini tashlab ketgan otalar haqida ko‘p eshitamiz, lekin bugungi voqea boshqacha. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi hodisa kishini biroz o‘yga toldiradi. Bu vaziyatda ona 3 nafar farzandini otaga tashlab chet elga ketib qolgan.
Farzandlarini tashlab ketgan ayoldan aliment undirish uchun olib borilgan uzoq muddatli ishlar natijasida 13 mln so‘m aliment undirildi. Achinarlisi esa bu jarayonda bolalar o‘z onasini ko‘rishni istamagan.
Ayol uchun eng katta jazo ham o‘z jonidan bo‘lgan farzandlarining undan voz kechishi bo‘lsa kerak...