Bugun 21 mart, 2026 yil, shanba

КИР

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN telekanalining Britaniya tahririyati jurnalisti Mark Ogden O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi o‘sishini yuqori baholadi.

"Bu "Man Siti" uchun eng yaxshi oqshom bo‘lmadi, ammo Husanov ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U o‘tgan mavsumda jamoaga kelgan paytda biroz dovdirab qolgandek ko‘ringandi, biroq o‘shandan beri juda katta o‘sishga erishdi", — deb yozdi Ogden X ijtimoiy tarmog‘ida Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Siti» va «Real» o‘rtasidagi javob uchrashuvidan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Real»ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va Yevropaning eng nufuzli klublar musobaqasini tark etdi. Shu bilan birga, Angliyaning Manchester Evening News nashri Husanovga «shaharliklar» tarkibida eng yuqori bahoni qo‘ydi.

Kiritildi: Bugun 18:47. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!